Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

MUHAMMAD IBN ABDULKARIM SHAHRISTONIYNING DINIY BAG‘RIKENGLIK TAMOYILLARINI YORITISHDA XOLISLIK PRINSIPI

Mumin Mirzo AbdupattayevTeacher of the UNESCO Department for Religious Studies and Comparative Study of World Religions, International Islamic Academy of Uzbekistan, PhD. A.Kadiri str. 11, 100011, Tashkent
The Maturidiyyajournal2025uz
ABI

Аннотация

Jahondagi dinlar ta‘limotlari, muqaddas manbalari va marosimlarining asl mazmun-mohiyati xalqlar orasida millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni qaror toptirishga xizmat qiladi. Diniy bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi g‘oyalar Sharq qiyosiy dinshunosligi asoschilari: Tohir Maqdisiy (vaf. 966), Abu Rayhon Beruniy (973–1048), Abul Maoliy Ubaydulloh (vaf. 1092), Ibn Hazm Andalusiy (994–1064), Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy (1076–1153), Faxriddin Roziy (1150–1209), Ya‘qub ibn Abdullatif (1530–1595) kabi olimlarning asarlarida keng yoritib berilgan. Shu jihatdan, Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning “al-Milal va-n-nihal” (Dinlar va firqalar), “Nihoyat al-iqdom fi ilm al-kalom” (Kalom ilmida so‘nggi qadamlar) va “Mafotih al-asror va masobih al-abror” (Sirlar kaliti va yaxshilar chirog‘i) asarlari qiyosiy dinshunoslik masalalarining ilmiy yoritilgani bilan dolzarb ahamiyatga ega. Yangilanayotgan O‘zbekistonda olib borilayotgan diniy-ma‘rifiy sohadagi islohotlar natijasida 16 ta konfessiyaga mansub aholi vakillari o‘rtasidagi totuvlik, osoyishtalik ta‘minlanib, konfessiyalararo hamjihatlikni yanada rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Davlatimizda millatlararo do‘stlik, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik, ijtimoiy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar etilmoqda. Shu e‘tibordan, mazkur maqolada Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning dinlar va ta‘limotlarga bo‘lgan xolis munosabati va “al-Milal va-n-nihal” asaridagi diniy bag‘rikenglik tamoyillari bahs qilinadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0