КОГНИТИВНОЕ ПОЛЕ ПЕРЕВОДЧИКА ПРИ РАБОТЕ С ЮМОРИСТИЧЕСКИМ ТЕКСТОМ
Аннотация
Ushbu maqolada badiiy matnlar, xususan, tarkibida hajviy matnlar bo‘lgan badiiy asarlar bilan ishlashda tarjimonlik faoliyatida uchraydigan ba‘zi muammolar ko‘rib chiqildi. Zamonaviy kognitiv fanga doir bilimlarning amaliy qo‘llanilish masalasi muhokama qilinadi. Kognitiv lingvistika ma’lumotlariga tayangan holda, tarjimon tafakkuri(ongi) bo‘yicha olib borilgan kuzatishlar keltirildi, shu bilan birgalikda, tarjimada kodlashtirish jarayonida muhim bo‘lgan ma’lumotlar sxema ko‘rinishida taqdim etildi. Shuningdek, tarjimon qaror qabul qilish jarayonida mavjud axborotning kognitiv maydoni belgilandi. Hajviy matnlarni tarjima qilishda kulgi hissini ifodalash bo‘yicha V. Raskinning hazilning semantik nazariyasiga hamda keyinchalik S.Attardoning umumiy og‘zaki hazil nazariyasi sifatida rivojlantirilgan ilmiy g‘oyalariga tayangan holda tadqiqot konsepsiyasi yaratildi. Kulgi hissini ifodalash jarayonida tarjimon skriptlarni shakllantiruvchi elementlarni to‘ldiradi, natijada ushbu skriptlar tarjima tili auditoriyasi ongida shakllantiriladi. Ushbu sxemali tasvirlash usuli tarjimon fikrini tushunishga, skript tuzilishini aniqlashga hamda tarjima matnidagi kulgi hissini qay darajada namoyon bo‘lgani yuzasidan tahlil olib borishga imkon beradi.
Перевод пока недоступен