Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

ISPAN, RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA QON-QARINDOSHLIKNI BILDIRUVCHI LEKSEMALARNING STRUKTUR-SEMANTIK XUSUSIYATLARI (padre – отец – ota; madre – мать – ona)

Mehrikhon SAIDKHODJAEVAUzbekistan State World Languages University
ABI

Аннотация

Maqola ispan, rus, o‘zbek tillarida qon-qarindoshlikka oid terminlarning xususiyatlarini qiyoslab-chog‘ishtirib o‘rganishga hamda o‘xshash va farqli jihatlarining tahliliga bag‘ishlangan. O‘rganilayotgan muammoga tegishli qator ilmiy ishlarni tadqiq qilish yo‘li bilan muallif maqolaning dolzarbligini ochib bergan. Faktik material (lug‘atlar, badiiy adabiyot matnlari) asosida: 1. Ispan, rus va o‘zbek tillarida qo‘llanilgan barcha qarindoshlik terminlarining tizimli ravishda soddalashtirilganligi, oilalardan tashqari, ularning munosabatlarini ijtimoiy mavqei bilan belgilanganligi ko‘rsatib berilgan. 2. Ispan, rus yoki o‘zbek madaniyatida mavjud bo‘lmagan ekvivalentsiz qon-qarindoshlikni bildiruvchi leksemalarning semantikasi faqat tavsif yoki talqin yo‘li bilan aniqlanishi mumkinligi qayd qilingan. 3. Lug‘atlarda keltirilgan padre, madre (ispan) отец, мать (rus) va ota, ona (o‘zbek) kabi so‘zlarning izohlari tadqiq qilingan, ispan, rus va o‘zbek xalqlarining oilaviy-qarindoshlik munosabatlarining shakllanishi hamda rivojlanishining o‘ziga xosligi ochib berilgan. 4. Ispancha padre, madre, ruscha отец, мать, o‘zbekcha ota, ona so‘zlarining kelib chiqishi va semantik strukturasini bir-birovidan farqlari dalillangan. 5. Ispan va rus tillariga tegishli ravishda taalluqli bo‘lgan рарá, mamá; пáпа, мáма so‘zlari bolalarning ilk talaffuz jarayonlarida pa- (па-), ma- (мa-) bo‘ginlarining ikki marotaba qaytarilishi evaziga paydo bo‘lgani isbotlangan. 6. Má-má so‘zi o‘zbek tilida go‘daklar tilida muayyan yoshgacha, ispancha madre va ruscha мать leksemalaridan farqli ravishda, “ona siynasi” ma’nosida qo‘llanilishi ochib berilgan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0