MEDIASAVODXONLIKNING ZAMONAVIY TA’RIFLARI VA KONSEPTUAL YONDASHUVLARI: NAZARIY VA AMALIY TAHLIL
Аннотация
Ushbu maqolada mediasavodxonlik tushunchasining zamonaviy ta’riflari hamda unga oid konseptual yondashuvlar tahlil qilinadi. Mediasavodxonlikning mazmun-mohiyati, uning kommunikatsiya, axborot texnologiyalari va ijtimoiy ong bilan o‘zaro bog‘liqligi nazariy manbalar asosida yoritiladi. Tadqiqotda dunyo tajribasida shakllangan yetakchi yondashuvlar, xususan, kognitiv, madaniy, kritik va texnologik yondashuvlar solishtirma tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonda mediasavodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan siyosat, ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi va uning yosh avlodni axborot xurujlaridan himoya qilishdagi o‘rni amaliy misollar bilan asoslanadi. Maqola yakunida mediasavodxonlikni oshirishning samarali yo‘llari va ilmiy-nazariy asoslari haqida xulosalar beriladi.
Перевод пока недоступен