Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

ALBER KAMYU VA XURSHID DO‘STMUHAMMADNING ABSURD QAHRAMONI

Iymona MAKHMUDOVANational University of Uzbekistan
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada Xurshid Do‘stmuhammad va Alber Kamyuning ijodi tahlil etilib, ularning adabiy ijodda individual qarashga ega ekanliklari bilan birgalikda asar qahramonlarining falsafiy tafakkur unsurlari, ichki ruhiy olamini uyg‘unlashtirishga intilganliklari asosiy tadqiqot obyekti sifatida o‘rganildi. Yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” asari mazmun va shakl jihatdan adabiyotimizda yangilik bo‘ldi. Biroq asar falsafiy roman bo‘lib, mavzuning yoritilishida ramziylik va absurd g‘oyalarini anglash muhim sanaladi. Birinchidan, unda inson ruhiyatining, botiniy olami, kayfiyati turli rakurslarda tasvirlanishi o‘rganib chiqildi. Asosiy e’tibor badiiy obraz ya’ni ijodkorning dunyo bilan aoqasi ta’sirida paydo bo‘lgan kechinmalari ifodasiga qaratilgan. Shuning uchun ham falsafiy romanlarda psixoanaliz muhim. Ayniqsa, shaxs ruhiyatini betakror chizgilarda tasvirlash X. Do‘stmuhammad va A. Kamyu uslubiga asosiy e’tibor qaratildi. Sharq-islom adabiy-estetik tafakkuri ta’sirida kamol topgan adib Sizif bilan bog‘liq an’anaviy mavzuni milliy folklor, Sharqona e’tiqodiy qarashlar negizida, jahon adabiyoti badiiy ifoda usullaridan keng foydalangan holda “Donishmand Sizif” romanini yaratdi. Ikkinchidan “Donishmand Sizif” asarida obraz ruhiyati betakror uslubda ifodalangan. X. Do‘stmuhammad shaxs ruhiyatini ba’zan ramzlar orqali, ba’zan real tasvirlaydi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, har ikkala yozuvchi ijodida ham individualizm va absurd alohida ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalariga ko‘ra Xurshid Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” romani va Alber Kamyuning “Sizif haqida afsona” essesi obyekt sifatida tanlangan. Maqolada sotsiologik, psixologik, struktural, qiyosiy-tipologik tahlil usullaridan foydalanilgan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0