Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

BULG‘OR QALAMPIRINING KIMYOVIY TARKIBI HAMDA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Baxtigul Ro‘zmat qizi ObidovaFergana Medical Institute of Public HealthIbrohimjon Rahmonovich Asqarov
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada bulg‘or qalampirining kimyoviy tarkibi, ozuqaviy va farmatsevtik ahamiyati, shuningdek, dorivorlik xususiyatlari haqidagi ilmiy ma’lumotlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotlar natijasida, bulg‘or qalampiri tarkibida fenol birikmalari, flavonoidlar, karotenoidlar kabi biologik faol moddalar mavjudligi aniqlangan bo‘lib, ular antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va diabetga qarshi xususiyatlarga ega. Ushbu birikmalar yurak-qon tomir kasalliklari, saraton, osteoporoz va boshqa surunkali kasalliklarning oldini olishda foydali ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada bulg‘or qalampiridan olingan ekstraktlarning oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatidagi qo‘llanish imkoniyatlari, jumladan, ularni konservantlar, bo‘yoqlar yoki biologik faol qo‘shilmalar sifatida ishlatish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Ushbu tadqiqotlar bulg‘or qalampirini nafaqat oziq-ovqat mahsuloti sifatida, balki inson salomatligi uchun foydali biologik qo‘shimcha sifatida ham keng miqyosda qo‘llash uchun asos yaratadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники