BOʻLAJAK INFORMATIKA OʻQITUVCHILARINI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY TAʼLIM TALABLARI VA YOʻNALISHLARI
Аннотация
Ushbu maqolada boʻlajak informatika oʻqituvchilarini tayyorlash jarayonida zamonaviy taʼlim talablari va yondashuvlarining qoʻllanilishi oʻrganildi. Tadqiqot davomida soʻrovnoma, suhbatlar, dars kuzatuvlari orqali toʻplangan empirik maʼlumotlar tahlil qilindi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, talabalar zamonaviy metodlar haqida maʼlumotga ega boʻlsalar-da, ularni mustaqil qoʻllashda muammolarga duch kelishmoqda. Oʻqituvchilarning metodik yondashuvlaridagi farqlar, infratuzilmaning yetarli emasligi hamda raqamli pedagogik koʻnikmalarning pastligi bu muammolarning asosiy sabablari sifatida koʻrsatildi. Maqola informatika taʼlimida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish zarurligini asoslaydi va amaliy mashgʻulotlarni kuchaytirish boʻyicha tavsiyalar beradi.
Перевод пока недоступен