Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

BETON QOPLАMАLI TO‘G‘RI TO‘RTBURCHАK KАNАLLАRDА QIRG‘OQ KOEFFITSIYENTNI АNIQLАSH VА UNING TEZLIK TАQSIMOTIGА TА’SIRINI BАHOLАSH

Mаqsud Yusufovich Otаxonov“Smart Solution System” MCHJ labarotoriya mudiri, dotsent, Tаshkent, O‘zbekistаnFarruhbek Karimovich BabajanovTexnikа fаnlаri fаlsаfа doktori, dotsent, TIQXMMI Milliy tаdqiqot universiteti, Tаshkent, O‘zbekistаnDavronjon AllayorovDSc doktorant, Toshkent davlat transport universiteti, Tаshkent, O‘zbekistаnIlhomjon Bаhtiyoro‘g‘li ZokirovPhD doktorаnt, TIQXMMI Milliy tаdqiqot universiteti, Tаshkent, O‘zbekistаn
ABI

Аннотация

Beton qoplamali to‘g‘ri to‘rtburchak kanallarda qirg‘oq koeffitsiyentini aniqlash va tezlik taqsimotini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltiriladi. Tadqiqotlar “Smart Solution System” MCHJ laboratoriyasida qurilgan K-2 kanalida olib borildi. Kanal kesimida 9 ta vertikal tanlanib, har birida 10 sm, 23 sm va 33 sm chuqurliklarda tezlik o‘lchovlari bajarildi. Aniqlikni oshirish uchun har bir nuqtada 3 marotaba o‘lchov amalga oshirilib, arifmetik o‘rtacha qiymatlar hisobga olindi. O‘lchov ishlari Universal Muline (CM-32) gidrometrik vertushkasi va elektromagnit suv sarfi o‘lchash qurilmasi yordamida bajarildi. Olingan natijalar asosida qirg‘oq koeffitsiyentini aniqlash uchun maxsus formula ishlab chiqildi. Hisoblash jarayonida kanal bo‘yicha olingan o‘rtacha tezlik qiymatlari hamda qirg‘oq zonalaridagi tezliklar taqqoslanib, qirg‘oq koeffitsiyenti qiymati T=0.92 ga teng ekani aniqlandi. Shuningdek, gidrometrik o‘lchovlar orqali aniqlangan suv sarfi Q=0.443 m³/s bo‘lib, u elektromagnit o‘lchash qurilmasida qayd etilgan Q=0.445 m³/s qiymatiga juda yaqin natija berdi. Ularning farqi ΔQ=0.002 m³/s bo‘lib, 1% xatolikni tashkil etdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qirg‘oq zonalarida tezlik keskin kamayib, kanal markazida esa yuqoriroq qiymatlar kuzatildi. Qirg‘oq va markaziy qismlar orasidagi maksimal tezlik farqi Δϑ=16–29 % ni tashkil etdi. Ushbu natijalar kengligi 2.5 m bo‘lgan, beton qoplamali kanallarga tegishli bo‘lib, boshqa shakl va o‘lchamlardagi kanallar uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazishni taqozo etadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники