Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

BOLALARDA DUDUQLANISHNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA KORREKSION-LOGOPEDIK ISHLAR

Komola SalomovaToshkent Kimyo xalqaro universiteti Logopediya yo‘nalishi magistranti
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada duduqlanishning kelib chiqish omillari, uning anatomo-fiziologik hamda sotsial-ruhiy sabablariga oid ilmiy qarashlar tizimli ravishda tahlil qilingan. Duduqlanishning paydo bo‘lishida irsiyat, markaziy nerv sistemasining funksional yetilmaganligi, infeksion va somatik kasalliklar, psixik travmalar, oiladagi noqulay sharoit va noto‘g‘ri nutqiy tarbiya kabi omillarning o‘rni yoritilgan. Tadqiqotlarda “zamin” va “zarba” omillarining farqlanishi, ularning duduqlanishni yuzaga keltirishga bo‘lgan bevosita hamda bilvosita ta’siri ilmiy asosda ochilgan, olingan xulosalarda foydalanilgan. Duduqlanuvchi bolalarda umumiy va artikulyatsion motorika buzilishlari, harakatlarning muvofiqlashtirilmaganligi, muskullar tonusi o‘zgarishlari va kinestetik funksiyalar zaifligi haqida mutaxassislar fikrlari bayon etilgan. Shuningdek, logopedik ritmikaning duduqlanishni korreksiyalashdagi ahamiyati, nutqiy va musiqiy-harakat mashqlari orqali nafas, motorika, muvozanat, irodaviy boshqaruv kabi funksiyalarni rivojlantirishning metodik asoslari ko‘rsatib berilgan. Diqqatni faollashtiruvchi mashqlar, musiqaning ritmik va emotsional ta’siri hamda o‘yin elementlaridan foydalanish duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning samaradorligini oshiruvchi muhim vosita sifatida ta’riflanadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0