Litotaning yondosh hodasalarga munosabati masalasi va ularning maqollarda namoyon boʻlishi
Аннотация
Mazkur maqolada litola tasviriy vositasining yondosh hodisalarga munosabati koʻrib chiqilgan. Ilmiy ishlarga murojaat qilingan, ularga munosabat bildirilgan. Ogʻzaki nutqda koʻp uchraydigan litotalarning maqollada ham uchrashi isbotlangan. U giperbola, meyozis, antenatiozis bilan yondosh hodisa ekanligi bayon etilgan. Shunindek, litotalar evfemik, metaforik va sinekdoxik tabiatli boʻlishi aniqlangan. Tadqiqot davomida mazkur hodisalarning chegarasi olimlarning fikri asosida tavsiflangan, umumiy va xususiy jihatlari aniqlangan. Tadqiqotda tavsifiy, tasnifiy, qiyosiy va chogʻishtirma usullardan foydalanilgan. Ilmiy manbalarga yondashilgan. Tadqiqotning predmeti – maqollar boʻlib, vazifasi: litotalarning yondosh hodisalarga munosabati ular ishtirok etgan maqollar yordamida asoslangan. Ilmiy xulosalar olingan natijalarga mos va u jadval bilan koʻrsatib berilgan. Lilotalarning maqollardagi oʻrni monografik planda oʻrganilmaganligini sababli, maqola aktual ahamiyatga ega.
Перевод пока недоступен