ISTE'MOLCHILARNING EKOLOGIK ONGINI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI MARKETINGNING ROLI
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli marketing vositalarining iste'molchilarning ekologik ongini shakllantirishdagi oʻrni yoritilgan. Kontent-tahlil va qiyosiy yondashuv asosida ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar hamda interaktiv reklamalarning ekologik qadriyatlarni ommalashtirishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Natijalar raqamli platformalarning iste'molchilar qarashlarini ijobiy oʻzgartirishga sezilarli ta'sir koʻrsatishini koʻrsatadi. Maqolada shuningdek, ekologik marketingning ijtimoiy ahamiyati ta'kidlanib, brendlarning raqamli strategiyalar orqali ekologik madaniyatni rivojlantirishdagi roli ochib berilgan.