KORXONALAR BREND QIYMATINI ANIQLASHNING ILMIYMETODOLOGIK ASOSLARI
Аннотация
Maqolada korxonalarning brend qiymatini aniqlash masalasi ilmiy-metodologik nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqotda Namangan viloyatidagi 30 ta korxona misolidasoʻrovnoma va koʻp omilli regressiya tahlili qoʻllanilib, brend sadoqati, tanilish darajasi, reklama xarajatlari va mahsulot sifati omillari asosiy determinantlar sifatida aniqlangan. Natijalar brend sadoqati va tanilish darajasining brend qiymatini belgilashda eng muhim omillar ekanini koʻrsatdi. Maqolada ishlab chiqilgan metodologiya korxonalarga marketing strategiyasini takomillashtirish, innovatsiyalarni rejalashtirish va bozorga chiqish qarorlarini asoslashda amaliyyordam beradi.