Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

"STEAM" TA'LIM TEXNOLOGIYALARI VA STEAM TIZIMIDA TABIIY FANLARNI O'QITISHDAN KUTILADIGAN NATIJALAR

Shaxnoza Qudratova Baxtiyor qiziToshkent amaliy fanlar universiteti, Boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti v. bErgasheva Durdona Sobirjon qiziToshkent amaliy fanlar universiteti, Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi, 4-bosqich talabasi,
ABI

Аннотация

Annotatsiya. Mamlakatimizda keyingi besh yilda barcha sohalar kabi ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Yangi O‘zbekistonda-yangicha dunyoqarash davrida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi taxriri qabul qilinib, t’'lim tizimi yangilandi. Zamonaviy ta’lim jarayoniga rivojlangan chet mamlakatlar ta’lim texnologiyalari o‘rganilib, mamlakatimiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shunday texnologiyalardan biri STEAM ta'lim texnologiyasidir. Bu texnologiyalarning uzluksiz rivojlanishi talabalarning o‘rganish, izlanish va ularga o‘zaro ta’sir qilish usullari kunda o‘zgartirmoqda. STEAM orqali bo‘lajak o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan ko‘nikmalar ularga maktabda va undan tashqarida muvaffaqiyat qozonish uchun poydevor yaratadi. Magistrantlarga faqat bilim berish, ularda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olingan bilimlardan foydalanish bo‘yicha o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘lmay, balki ularga mustaqil bilimlarni qidirib topish, o‘zlashtirish shakllari, usullari, vositalarini o‘rgatishdan iborat. Hozirgi vaqtda ish beruvchilarning STEAM malakasi va ko‘nikmalariga bo‘lgan talabi yuqori va kelajakda o‘sishda davom etadi. Bugungi kunda eng tez rivojlanayotgan sohalardagi ishlarning 75 foizi STEAM ko‘nikmalariga ega ishchilarni talab qilmoqda. Raqobatbardosh bo‘lish uchun ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ish kuchi o‘zgaruvchan ish joyiga moslasha oladigan mutaxassislarga muhtoj. STEAM insonlarga ushbu o‘zgaruvchan dunyoga moslashish va moslashish ko‘nikmalarini beradi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0