KEKSA YOSHDAGI BEMORLARDA YURAK YETISHMOVCHILIGI KLINIK KECHISHINING O'ZIGA XOSLIKLARI
Аннотация
Yurak yetishmovchiligi keksa yoshdagi bemorlar orasida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha komorbid kasalliklar va fiziologik qarish jarayonlari bilan murakkablashadi. Tadqiqot maqsadi keksa yoshdagi bemorlarda yurak yetishmovchiligi kechishining klinik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 65 yoshdan oshgan 60 nafar bemor klinik kuzatuv asosida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, dispnoe, yurak ritm buzilishlari va periferik shishlar eng ko‘p uchragan simptomlar bo‘ldi. Komorbid kasalliklar (arterial gipertenziya, diabet, KOAH) yurak yetishmovchiligining og‘ir kechishiga sabab bo‘ldi. Xulosa o‘rnida, ushbu yosh guruhida tashxis va davolashda individual yondashuv, dori dozalarini moslashtirish hamda muntazam monitoring zarurligi ta’kidlanadi.
Перевод пока недоступен