OILAVIY MUHITNING MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ADAPTIV XULQ-ATVORGA TA'SIRI
Аннотация
Annotatsiya: Ushbu maqolada oilaviy muhitning maktabgacha yoshdagi bolalarda adaptiv xulq-atvor shakllanishiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Bolaning shaxs sifatida kamol topishida, uning ijtimoiy moslashuvi va moslashuvchan xulq-atvorini rivojlantirishda oilaning psixologik iqlimi, ota-ona munosabatlari, tarbiya uslublari va emotsional qo‘llab-quvvatlash darajasining o‘rni yoritiladi. Maqolada adaptiv xulq-atvor tushunchasining psixologik asoslari, ularning shakllanish jarayonlari hamda oilaviy omillar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, salbiy oilaviy muhitning bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga ta’siri, bolalarda moslashuv muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ilmiy yondashuvlar keltiriladi. Tadqiqot natijalari oilaviy psixologiya va maktabgacha ta’lim sohasida amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, bolalarning sog‘lom psixologik rivojlanishini ta’minlash uchun samarali tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi.
Перевод пока недоступен