TALABA O'QISH MOTIVATSIYASIGA MOSLASHUVCHAN INTELLEKTNING TA'SIRI
Аннотация
Annotatsiya. Mazkur maqolada talabalarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini shakllantirishda moslashuvchan (adaptiv) intellektning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda adaptiv intellekt talabalarning o‘qish jarayonida yuzaga keladigan stress, o‘zgarishlar va murakkab vaziyatlarga moslashish qobiliyati sifatida izohlanadi. Maqolada o‘qish motivatsiyasini oshirishga xizmat qiluvchi psixologik omillar, xususan, moslashuvchan fikrlash, emotsional barqarorlik va ijodiy yondashuvning ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, adaptiv intellekti yuqori bo‘lgan talabalar o‘qishga nisbatan ijobiy munosabatni saqlab qoladi, o‘z oldiga maqsad qo‘yadi va o‘zlashtirish darajasini samarali boshqara oladi. Shu bois, talabalarda adaptiv intellektni rivojlantirish ularning o‘qish motivatsiyasini mustahkamlashning muhim psixologik omili sifatida qaraladi.
Перевод пока недоступен