O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning dastlabki bosqichida metodik yondashuvlar
Аннотация
O‘zbek tilini rus va ingliz tillarida ta’lim beradigan maktablarning boshlang‘ich sinflarida o‘qitishda ta’lim resurslari va metodlari bilan bog‘liq bir qator muammolar mavjudligi ma’lum. Bularga, jumladan, kichik maktab yoshidagi bolalarda nutqiy faoliyatning produktiv turlarini rivojlantirish qiyinchiliklari, fonetik ko‘nikmalarni shakllantirish bosqichidagi talaffuzga oid muammolar kiradi. To‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutq me’yorlarini o‘zlashtirish bilan birgalikda ta’limning ushbu darajasiga muvofiq leksik materialni kiritish ham o‘ziga xos yondashuvlarni talab qiladi. Mazkur bosqichda o‘quvchilarning fonetik va leksik ko‘nikmalari ayri holda shakllanishi ularning gapirish ko‘nikmasiga ta’sir qilishida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili ta’limining dastlabki bosqichida o‘quvchilarning gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda talaffuzni yaxshilash va faol lug‘atni kengaytirish usullarining samaradorligini aniqlashdan iborat.
Перевод пока недоступен