Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

OTMLARDA RAQAMLI MARKETING FAOLIYATI JARAYONLARINI RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

Shoxrux Shuxratovich SadikovToshkent xalqaro universiteti
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida (OTM) raqamli marketing faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari va zamonaviy tendensiyalari tahlil qilingan. Tadqiqotda nazariy tahlil, xalqaro amaliyotlarni qiyosiy o‘rganish hamda ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv tizimlari optimizatsiyasi (SEO), kontent marketing va boshqa raqamli marketing vositalari samaradorligini baholash usullari tanlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli marketing strategiyalarini to‘g‘ri qo‘llash OTMlarda talabalar sonini oshirish, brend taniqliligini kuchaytirish va xalqaro raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Xalqaro tajriba misolida AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Singapurdagi yetakchi universitetlarning raqamli marketing amaliyotlari tahlil qilinib, ularning ustunlik jihatlari ochib berilgan. OTMlarda raqamli marketingni rivojlantirishda asosiy e’tibor maqsadli auditoriyani aniqlash, ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish va ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilishga qaratilishi lozimligi asoslab berilgan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0