UY HAYVONLARIDA KO'Z KASALLIKLARIDA DORI VOSITALARINING QO'LLANILISHI VA SAMARADORLIGI
Аннотация
Ushbu tadqiqot uy hayvonlarida ko‘z kasalliklarini davolashda turli dorilarning qo‘llanilishi va samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda gentomitsin, eritrotsimin, tritsilin, tilozin, tetratsiklin malhami va penitsillin + shakar kombinatsiyasi kabi dorilar ishlatilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy antibiotiklar yallig‘lanish va infektsiya simptomlarini sezilarli darajada kamaytirib, hayvonlarning umumiy holatini yaxshilaydi. Kombinatsiyalangan davolash protokollari — antibiotiklar, yallig‘lanishga qarshi vositalar va ko‘z yuvish vositalarini birgalikda qo‘llash — davolash samaradorligini oshiradi. Tadqiqot davomida individual holat, kasallikning og‘irligi va hayvonning sog‘lig‘i natijalarga ta’sir qilishi mumkinligi aniqlangan. Olingan ma’lumotlar veterinar amaliyotida ko‘z kasalliklarini davolash strategiyasini optimallashtirish va samarali protokollar ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Перевод пока недоступен