SURUNKALI YIRINGLI O'RTA OTIT BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING KLINIK TAVSIFI
Аннотация
SURUNKALI YIRINGLI O‘RTA OTIT BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING KLINIK TAVSIFI Xushvakova Nilyufar Jurakulovna [email protected] DSc, professor, SamDTU 1-son otorinolaringologiya kafedrasi mudiri. O‘zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected] Davronova Gulrux Baxtiyorovna SamDTU "1 -son Otorinolaringologiya" kafedrasi dotsenti. O‘zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi 18, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected] Fozilova Nozila Inoyatilloevna SamDTU 1-son Otorinolaringologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi. O‘zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi 18, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected] Ergashev Asad SamDTU 1-son Otorinolaringologiya kafedrasi 1 kurs klinik ordinatori. O‘zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi 18, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected] Yodgorova Shaxnoza Ergashjon qizi SamDTU talabasi. O'zbekiston, Samarqand, Amir Temur ko'chasi 18. Tel: +998 66 2330841 Elektron pochta: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18261545 Annotatsiya: Dolzarbligi. Surunkali yiringli o‘rta otitni oqibatida inson hayotiga xavf soladigan o‘tkir asoratlar, jumladan sepsis, meningit, meningoglenfagit, o‘rta miya absessi, sinus trombozi, bosh miya xupozlari kelib chiqishi mumkin va ushbu asoratlar natijasida o‘lim hlatlari hozirgi kunda o‘rtacha 17%ni tashkil etishi muammoning naqadar dolzarbligini tasdiqlaydi. Ushbu asoratlar aksariyat hollarda bemorlarning nogiron bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqotning maqsadi surunkali yiringli o‘rta otitning asoratlangan shakllarini immunogenetik va klinik omillar asosida erta aniqlash usullarini takomillashtirish. Tadqiqot materiallari va tekshirish usullari. Ushbu tadqiqotga 2022–2024 yillar davomida Samarqand shahrida joylashgan shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bazasida olib borilgan prospektiv kuzatuv tadqiqotiga jalb etilgan surunkali yiriңli o‘rta otit bilan kasallangan 102 nafar bemor kiritildi. Surunkali yiringli o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarning klinik-immunologik, molekular-genetik, laborator, audiologik va otoskapik tekshiruvlari natijalari ko‘rib chiqildi. Мastoidit (H70.1) 45,7% bemorlarda aniqlangan. Subperiostal abssess (P70.0) 22,9% holatlarda qayd etilgan. Labirintit (H83.0) 20% bemorlarda kuzatilgan bo‘lib, infeksiyaning ichki quloq tuzilmalariga o‘tib, neyrovestibulyar buzilishlarga olib kelganini aks ettiradi. Yuz nervi falaji (G51.0) 17,1% bemorlarda qayd etilgan va u fallopiy kanali soqasidagi yallig‘lanish destruksiyasi bilan bog‘liq. Petrozit (H70.8) nisbatan kam, 5,7% holatlarda uchragan va asosan uzoq davom etuvchi residivli kechish va kuchli suyak destruksiyasi bilan bog‘langan. Xulosa. Asoratlangan shakldagi SYO‘O LOR-patologiyasining muhim qismini tashkil etib, bemorlarda ko‘proq mezotimpanit (69,6%) kuzatilgan bo‘lsa, epitimpanit og‘ir kechish bilan bog‘liq bo‘lgan. Bemorlarda xolesteatoma, mastoidit va subperiostal abses kabi asoratlar eng ko‘p uchragani aniqlangan. Kalit so'zlar: mezotimpanit, epitimpanit, xolesteatoma, mastoidit va subperiosteal xo'ppoz.
Перевод пока недоступен