FARGʻONA VILOYATIDA GAT ASOSIDA OLIB BORILGAN ARXEOLOGIYA TADQIQOT ISHLARI
Аннотация
Mazkur maqola 2019–2024-yillarda Fargʻona vodiysining So‘x havzasida olib borilgankompleks arxeologik tadqiqotlarning asosiy ilmiy natijalariga bagʻishlangan. Tadqiqotning bosh maqsadihavzaning qadimgi va ilk o‘rta asrlar davriga oid arxeologik obyektlarni tizimlashtirish, joylashuv dinamikasiva urbanizatsiya jarayonlarini aniqlash hamda antropogen landshaftning shakllanish mexanizmlarinio‘rganishdan iborat bo‘ldi. GAT texnologiyalari asosida keng qamrovli geoma’lumotlar bazasi varaqamli arxeologik xarita yaratildi. Ushbu raqamli majmua jami 112 ta obyektni o‘z ichiga oladi: 81 tashahar va qishloq tipidagi manzilgoh, 4 ta qal’a-qo‘rgʻon, 11 ta qabriston va mozorqo‘rgʻon, 9 ta sochmatopilma joyi, 3 ta petrogliflar majmuasi hamda 4 ta gʻor yodgorligi. Har bir obyekt bo‘yicha koordinatalar,tavsiflar, topilmalarning tipologiyasi va fotografik materiallar geoma’lumotlar bazasiga joylashtirildi.Natijalar shuni ko‘rsatdiki, So‘x havzasida jadal urbanizatsiya jarayonlari eramizdan avvalgiIII asrning ikkinchi yarmi – II asr boshlarida sugʻorma dehqonchilikning rivojlanishi bilan paralleltarzda kechgan. Tepaqo‘rgʻon yodgorligida olib borilgan arxeologik qazishmalar stratigrafikqatlamlar va moddiy madaniyat materiallari asosida shahar manzilgohining antik davrdayoq shakllanganinitasdiqladi. Qal’a arki, mudofaa devorlari, yarim aylana shaklidagi burjlar va monumentalinshootlar qoldiqlari eramiz boshlarida shahar madaniyatining vujudga kelganini, IV–V asrlargakelib esa siyosiy markazga aylanganini ko‘rsatadi.GAT ma’lumotlari eramizning II–III asrlarida madaniy landshaftlarning Markaziy Fargʻonaqumliklari tomonga kengayganini, yangi sugʻorma hududlar paydo bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu esaaholining ko‘payishi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning murakkablashuvi va irrigatsiya texnologiyalariningtakomillashganidan dalolat beradi.Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, qadimgi sugʻorish tizimlari antropogen landshaftni shakllantirish,aholi joylashuvining o‘zgarishi va urbanizatsiya jarayonlarini boshlanishida hal qiluvchi omilbo‘lgan. Tadqiqot natijalari So‘x havzasining arxeologik topografiyasini o‘rganishda ham, Fargʻonavodiysi bo‘yicha kelgusidagi ilmiy izlanishlarda ham muhim manba sifatida xizmat qiladi.
Перевод пока недоступен