MUALLIFLIK SHARTNOMASINING MAZMUNI, TUZILISHI VA UNING ASOSIY SHARTLARI
Аннотация
Mamlakatimizda oʻz yechimini kutayotgan bir qancha masalalar mavjud boʻlib, mualliflik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish, xususan, uning muhofazasida mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish va mualliflik shartnomasi bilan bogʻliq jarayonlarni tadqiq etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuningdek, maqolada ushbu institutni takomillashtirish bilan bogʻliq ayrim dolzarb muammolarga, mualliflik huquqini himoya qilishning xalqaro standartlariga va milliy qonunchilikning qiyosiy-huquqiy tahliliga, shuningdek, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar olimlarining fikrlariga eʼtibor qaratilgan. Amaldagi qonunchilik mualliflik shartnomalarining mazmunini bevosita tartibga solmaganligi sababli, bu masala tomonlar ixtiyoriga qoldirilgan. Shu sababli, tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilashda mualliflik shartnomalarini tuzish borasida shakllangan amaliyotga tayaniladi va bu amaliyot hozirgi kunda ham muvaffaqiyat bilan qoʻllanilmoqda. Mualliflik huquqini va mualliflik shartnomasini rivojlantirish uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Перевод пока недоступен