TAʼM VA TIL OʻRTASIDAGI MUVOZANAT: TAOM DISKURSINING TARJIMA QIYINCHILIKLARI VA YECHIMLARI
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillarida taom nomlarini tarjima qilishning lingvistik xususiyatlari oʻrganiladi. Maqolada tarjima usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, tarjima sifatiga taʼsir etuvchi omillar koʻrib chiqiladi. Taom nominantlarini tarjima qilishda tarjima turlari, tarjima jarayonida qoʻllaniladigan tarjima usullarining vazifasi haqida tahlil qilinadi. Maʼlumki, bugungi kunda turizm shu jumladan gastrоnomik turizm kundan-kunga jadal rivojlanmoqda. Bu sohani rivojlanishida eng katta qiyinchilik — bu taomlarning sarlavhalari yoki nomlari, ingrediyentlar nomlari hamda “pazandachilik” leksemalarining tarjimasidir. Koʻpincha bu leksemalar bir qator ekvivalent boʻlmagan birliklarga tegishli boʻlib, tarjima jarayonini murakkablashtiradi. Taom nomlarning ingliz tilida berilishini tahlil qilish, ularni berilishiga oid tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb muammolaridandir.
Перевод пока недоступен