BIZNES-TAʼLIMI XIZMATLARINI KOʻRSATUVCHILARNING MARKETING FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Аннотация
Ushbu maqola “Biznes-taʼlimi xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarning marketing faoliyatini takomillashtirish masalalari” mavzusida yoritiladi. Biznes-taʼlimi sohasida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, ularning bozor sharoitlariga moslashish jarayoni alohida muhim ahamiyatga ega. Maqolada biznes-taʼlim xizmatlarining xususiyatlari, ularga boʻlgan talab va taʼlim bozorining oʻzgaruvchan sharoitlariga tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada taʼlim sohasidagi tashkilotlarning marketing faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar, yangi texnologiyalarni qoʻllash hamda raqobatbardosh bozor sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur boʻlgan marketing strategiyalari haqida batafsil maʼlumotlar keltiriladi. Tashkilotlarning marketing kommunikatsiyalarini rivojlantirish, brendni targʻib qilish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, onlayn va oflayn marketing vositalarini samarali integratsiyalashgan holda qoʻllash masalalari hamda ularning amaliy ahamiyati koʻrib chiqiladi
Перевод пока недоступен