JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA BADIIY GIMNASTIKA ELEMENTLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LLARI
Аннотация
Ushbu maqolada maktabda jismoniy tarbiya darslarida badiiy gimnastika elementlaridan foydalanishning amaliy ahamiyati va pedagogik foydasi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini zamonaviylashtirish, ya’ni dars metodikasi va uslublarini modernizatsiya qilish zaruratiga qaratilgan. Mazkur jarayonda badiiy gimnastika elementlarini o‘quv dasturiga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish va estetik tarbiyasini rivojlantirish mumkinligi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada jismoniy tarbiyaning oltita asosiy o‘quv materiali ko‘rib chiqilib, badiiy gimnastika elementlarini o‘rgatishda qo‘llaniladigan asosiy usullar – yaxlit va qismlarga ajratilgan metodlar tahlil qilinadi.