QAYTALANUVCHI BRONXIT
Аннотация
Maqola bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lgan surunkali bronxitning klinik va diagnostik xususiyatlariga bag‘ishlangan. Unda takroriy bronxitning etiologiyasi, patogenezi, kechish mexanizmlari, klinik belgilarining o‘ziga xos jihatlari va laborator hamda instrumental diagnostika usullari batafsil yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy davolash yondashuvlari va kasallikning oldini olish strategiyalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada surunkali bronxitning bolalar organizmiga ta’siri va uzoq muddatli oqibatlarini kamaytirish uchun profilaktika va sog‘lomlashtirish choralarining ahamiyati alohida ta'kidlanadi. Tahlil qilingan ilmiy manbalar va klinik tajriba asosida takroriy bronxitni erta aniqlash va samarali davolashning dolzarb yo‘nalishlari ishlab chiqiladi.