Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

BOʻLAJAK MATEMATIKA FAN OʻQITUVCHILARINING PLANIMETRIYA BOʻYICHA KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TALABALAR MUSTAQIL ISHLARINING ROLI

ABI

Аннотация

Masalalar toʻplami va darsliklarda koʻpincha uchraydigan, standart talablar koʻrinishida ifodalangan (toping, isbotlang, hisoblang, almashtiring) namunaviy topshiriqlarni yechish jarayonida tadqiq etilayotgan kompetentlik zaif shakllantiriladi. Muammoli masala esa aynan axborotning yetishmasligiga asoslanadi va uning yechimi mazkur axborot bilan toʻliq ishlashni talab etadi. Talabalar yetishmaydigan axborotni izlashlari, zarurini tanlash, tahlil qilish, tashkil etish, saqlash va baʼzan uni yetkazishlari zarur boʻlgan sharoitlarda boʻladilar. Muammoni yechishning natijalaridan biri talabalar tomonidan kashf etilgan subyektiv yangi axborot hisoblanadi. Bundan tashqari, oʻqituvchining minimal yordamida ular tomonidan mustaqil olingan axborot, odatda. yaxshiroq oʻzlashtiriladi, chunki u talabaning va umuman guruhning yutugʻiga aylanadi. Shuning uchun, mustaqil ishlash koʻnikmasini shakllantirish, auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ishlash kelajakda oʻz tanlagan kasbi boʻyicha yetuk kadr boʻlib yetishishiga imkon beradi. Bunda albatta mustaqil ishlash pedagogika oliy taʼlim muassasalari talabalarini oʻqitishning asosida zamonaviy oliy maktabda mustaqil taʼlim prinsipi yotadi va uni amalga oshirish koʻp jihatdan talabalarning auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etish sifatiga bogʻliq boʻladi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0