KICHIK KORXONALARDA HISOB SIYOSATI TURLARINING TASNIFLANISHI
Аннотация
Ushbu tadqiqotning maqsadi kichik korxonalarda hisob siyosati turlarining tasniflanishini o‘rganish, bu jarayonda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va hisob siyosatining samarali qo‘llanilishi uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. Tadqiqotda kichik korxonalarda hisob siyosatining turlarini tasniflash, ularning moliyaviy boshqaruvni yaxshilashdagi o‘rni, shuningdek, soliq to‘lash va byudjetni boshqarishda qanday ahamiyatga ega ekani tahlil qilingan.Tadqiqotning metodologik asosini analitik, taqqoslash va tavsiyalar asosida o‘rganish yondashuvlari tashkil etadi. Bunda ilmiy adabiyotlar, amaliy ishlar va kichik korxonalar tajribasi tahlil qilindi. Hisob siyosati turlarining tasniflanishi va qo‘llanilishi bo‘yicha o‘rganilgan nazariy asoslar orqali amaliyotga yondashuvlar ishlab chiqildi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kichik korxonalarda hisob siyosati turlarining tasniflanishi ko‘plab moliyaviy va soliq muammolarini hal qilishga yordam beradi. Hisob siyosatini to‘g‘ri tashkil etish va aniq tasniflash kichik korxonalarda samarali boshqaruvni, xarajatlarni optimallashtirishni va soliq majburiyatlarini bajarishni ta'minlaydi. Tadqiqotda, kichik korxonalarda hisob siyosati turli usullar, metodlar va tizimlarga asoslanishi mumkinligi, shuningdek, kichik bizneslarning alohida ehtiyojlariga moslashtirilishi zarurligi ta'kidlangan.
Перевод пока недоступен