O‘RTA SINF O‘QUVCHILARIGA INGLIZ TILI DARSLARIDA LUG‘AT VA GRAMMATIKANI O‘RGATISHDA NEYRON TARMOQLARNING QO‘LLANILISHI
Аннотация
Ushbu tadqiqot o‘rta sinf o‘quvchilariga ingliz tili darslarida lug‘at va grammatikani o‘rgatishda neyron tarmoqlarning qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalari, xususan, neyron tarmoqlarning ta’lim jarayonida qo‘llanishi til o‘rganish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda lug‘at boyligini kengaytirish, grammatikani interaktiv tarzda o‘zlashtirish va o‘quvchilarning individual xususiyatlariga moslashgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Neyron tarmoqlar asosida ishlaydigan ilovalar va platformalar orqali o‘quvchilarning bilim darajasini baholash, tahlil qilish va shaxsiylashtirilgan o‘quv materiallarini taqdim etish mexanizmlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari ingliz tili ta’limini raqamlashtirishga hissa qo‘shib, o‘qituvchilarga yangi texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq etishda metodik tavsiyalar beradi.
Перевод пока недоступен