MASHINA VA INSON TARJIMASI: O‘ZBEKCHA-INGLIZCHA TARJIMANING ANIQLIGI VA MADANIY SEZGIRLIGINI BAHOLASH
Аннотация
Sun'iy intellekt (AI)ning jadal rivojlanishi bilan Google Translate va DeepL kabi mashina tarjimasi (MT) vositalari tillararo muloqotda keng qo‘llanilmoqda. Biroq, ularning aniqligi, ravonligi va madaniy moslashuvchanligi, ayniqsa, o‘zbek tilidek kamroq o‘rganilgan tillar uchun, haligacha muammoli sohalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu tadqiqot o‘zbekcha-inglizcha til juftligi bo‘yicha mashina va inson tarjimasi samaradorligini tahlil qilib, lingvistik aniqlik, idiomatik ifodalarni saqlash va madaniy sezgirlikni solishtiradi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, inson tarjimasi, ayniqsa, murakkab va kontekstga bog‘liq matnlarda, mashina tarjimasidan birmuncha ustundir. Tadqiqot AIning yanada rivojlanishi zarurligini ta’kidlab, tarjima jarayonida inson va sun’iy intellekt hamkorligini targ‘ib qiladi.
Перевод пока недоступен