O‘ZBEK VA NEMIS TILLARIDA QO‘SHMA SO‘ZLARNING MORFOLOGIK, STRUKTURAL YASALISHI
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek va nemis tillaridagi qo‘shma otlar qiyosiy o‘rganildi. Tadqiqot davomida ikki tildagi qo‘shma so‘zlarning umumiy va farqli jihatlari aniqlanib, ularning morfologik va semantik xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqotimizda qo‘shma so‘zlarni har tomonlama chuqur tahlil qilishga intildik. Xususan, ularning qanday so‘z turkumlariga mansub bo‘lgan birliklardan tashkil topgani, shuningdek, tayyor holatda mavjud bo‘lgan qo‘shma so‘zlarning ham qaysi so‘z turkumlariga oid ekani e’tibordan chetda qoldirilmadi. Maqolamizda ushbu masalaga doir qisqacha ma’lumotlar hamda mualliflik mulohazalari bayon qilingan. Masalani yanada aniqroq tushuntirish maqsadida, keyingi qismda bevosita misollar asosida yoritib beriladi.
Перевод пока недоступен