TALABALARNING TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Аннотация
Mazkur maqolada talabalar texnik ijodkorligini rivojlantirishning nazariy asoslari keng yoritilgan. Texnik ijodkorlik — bu yoshlarning muhandislik-texnik fikrlashini shakllantirish, amaliyotda innovatsion gʻoyalarni ilgari surish va ularni hayotga tatbiq eta olish qobiliyatidir. Muallif tomonidan texnik ijodkorlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning shakllanish bosqichlari, taʼlim jarayonidagi oʻrni va ahamiyati nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar, integratsiyalashgan oʻquv faoliyati, loyihaviy ishlar va interfaol usullar orqali talabalarni texnik ijodkorlikka yoʻnaltirish imkoniyatlari koʻrib chiqilgan. Maqolada texnik ijodkorlikni rivojlantirishda motivatsiya, shaxsiy faollik, muammoli vaziyatlar yaratish va ijodiy fikrlashni ragʻbatlantirish kabi omillar muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlangan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, texnik ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali uslubiy tavsiyalar ilgari surilgan. Mazkur maqola oliy taʼlim tizimida ijodiy fikrlaydigan, muammolarni mustaqil hal eta oladigan, innovatsion yondashuvga ega kadrlarni tayyorlashda nazariy va amaliy jihatdan muhim manba boʻlib xizmat qiladi.
Перевод пока недоступен