JINOYATGA TAYYORGARLIK KOʻRISH VA SUIQASD QILGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKKA OID RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI
Аннотация
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi huquqiy davlatni shakllantirish, qonuniylik va adolatni mustahkamlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari taʼminlanishiga erishish, ijtimoiy xavfli tajovuzlarni oldini olish va unga nisbatan qarshi kurashni taʼminlovchi huquqiy davlatning bir elementi sifatida jinoyat qonuni ham qonuniylik va adolatni taʼminlashda asosiy vazifani bajaradi. Shuningdek, ushbu maqolada jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd qilganlik uchun javobgarlikning nazariy, huquqiy va amaliy jihatlari har tomonlama oʻrganilib, jinoyatning tugallanmagan shakllaridan biri sifatida jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd qilishning mohiyatini ochib berish, ularning belgilari, turlari, javobgarlik asoslari hamda milliy va xorijiy qonunchilikdagi oʻrnini tahlil qilishdan iboratdir. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd uchun javobgarlik masalalariga oid normalar tahlil qilinib, ularning amaliy tatbiqiva sud amaliyotidagi muammoli jihatlari aniqlangan. Shuningdek, AQSh, Germaniya, Ispaniya va Italiya kabi rivojlangan davlatlar qonunchiligi misolida mazkur institutning huquqiy modeli oʻrganilib, milliy huquqni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd tushunchalariga aniqlik kiritish, ularni ajratish mezonlarini belgilash hamda amaldagi normalarni takomillashtirish boʻyicha aniq ilmiy va amaliy takliflar berilgan.
Перевод пока недоступен