Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

2016-2025 YILLARDA WEB OF SCIENCE BAZASIDA “TOMCHILATIB SUG‘ORISH BO‘YICHA” NASHR QILINGAN MAQOLALAR SHARHI

ABI

Аннотация

Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini takomillashtirish global iqlim o‘zgarishi sharoitida muhim vazifalardan biridir. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi suv tanqisligi sharoitida suvni tejash texnologiyalarini o‘rganish va ularning samaradorligini aniqlashdan iborat. Bu borada tomchilatib sug‘orish keng tarqalgan va samarali tizim hisoblanadi. Yuqori hosil olishda sug‘orish elementlarini to‘g‘ri tanlash va ulardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bunda, ekin turiga, tuproqning fizik xususiyatlariga va sho‘rlanish darajasiga e‘tibor berish muhim. Ushbu maqolada suv tanqisligi sharoitida tuproq namligini yetarli darajada ta‘minlash uchun tuproq tarkibiga qarab sug‘orish miqdorini yoki tomchilatib sug‘orish samaradorligini aniqlash masalalari o‘rganildi va tahlil qilindi. Kalit so‘zlar ushbumaqolani yozish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Bunda asosan yillar bo‘yicha o‘sish, mualliflarning hissalari, mamlakatlar va fan sohalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, o‘rganilgan maqolalarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari talablariga qanchalik mos kelishi, tomchilatib sug‘orishning sho‘rlanish darajasiga ta‘siri kabi masalalar ham yoritilgan. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, tomchilatib sug‘orish texnologiyasining tarkibiy qismlarini saqlash, ulardan to‘g‘ri foydalanish, ekinlarda agrotexnik ishlarni olib borishdagi to‘siqlar hamon o‘z yechimini to‘laqonli topmagan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0