Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

G‘ARBIY FARG‘ONA (HETEROPTERA: PENTATOMOIDEA) QANDALALARINING TARQALISHI, DOMINANTLIGI VA EKOLOGIK ROLI

Mirmuxsin MAHMUDOVFarg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada G‘arbiy Farg‘ona hududida Pentatomoidea oilasiga mansub qandalalarning tarqalishi, trofik xususiyatlari hamda ekologik roli o‘rganilgan. Tadqiqot davomida 24 tur aniqlanib, ular ekologik guruhlarga (dominant, subdominant, kam uchraydigan, invaziv va entomofag) ajratilgan. Invaziv tur sifatida Halyomorpha halysning keng tarqalishi va mahalliy ekotizimlarga moslashuvchanligi, shuningdek, Zicrona caerulea kabi entomofag turning foydali biologik nazorat agenti sifatida ahamiyati ta’kidlangan. Maqolada olingan natijalar qandala turlarining ekologik monitoringini kuchaytirish, invaziv turlarning oldini olish va biologik kurash choralarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники