Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

MUSIQA TAʼLIMIDA TALABALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MOHIYATI

ABI

Аннотация

Bugungi kunda musiqa oʻqituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish, ularning kasbiy mahorati va ijodiy koʻnikmalarini shakllantirish juda dolzarbdir. Zamonaviy taʼlimda oʻquv metodlari va vositalarini takomillashtirish, yangi pedagogik kommunikatsiya usullarini joriy etish zarurati ortmoqda. Kreativlik – bu yangi gʻoyalarni yaratish, anʼanaviy fikrlashdan chiqib, original qarorlar qabul qilish qobiliyatidir. Pedagogik faoliyatda kompetent yondashuv asosida oʻqituvchilarni tayyorlash, ularning kreativ salohiyatini rivojlantirish muhim hisoblanadi. Bu jarayonda musiqa taʼlimida milliy madaniyatni targʻib qilish, zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash va individual yondashuv muhim oʻrin tutadi. Prezident qarorlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, musiqa taʼlimi sifatini oshirish va talabalarning musiqa bilan bogʻliq koʻnikmalarini kengaytirish uchun qoʻshimcha choralar koʻrilmoqda. Shunday qilib, kreativ kompetentlikni rivojlantirish nafaqat kasbiy kamolot, balki jamiyatning madaniy-maʼrifiy taraqqiyotiga hissa qoʻshuvchi muhim omildir. Bu jarayonda oʻqituvchilar oʻz bilimlarini muntazam yangilab borishi, innovatsion metodlarni qoʻllashi va talabalarga individual yondashuvi orqali ularning ijodiy salohiyatini oshirishlari zarur.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0