QORAQALPOGʻISTON SANʼATINING TARAQQIYOTIDA TASVIRIY SANʼATNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH MANBALARI
Аннотация
Ushbu maqolada Qoraqalpogʻiston tasviriy sanʼatining shakllanishiga ulkan hissa qoʻshgan Vladimir Karakalpakov haqida soʻz yuritiladi. Rassomning tugʻilgan yurti hamda bolalik yillaridagi tarixiy voqealarga eʼtibor qaratilgan. Savichev Ivan Savelevichning yetim bolaga gʻamxoʻrligi asosiy oʻrin egallaydi, uning bolalar uyidagi isteʼdodi qoraqalpoq tasviriy sanʼatining shakllanishiga asos soladi. Rassomning Rassomlik akademiyasidagi mashhur ijodiy kartinalari, rassomning shunday isteʼdodi bilan vatan sogʻinchini boshidan kechirgan tuygʻulari haqida soʻz yuritildi. Maqolada tarixiy hujjatlar, arxiv materiallari va yozma manbalarga tayanib, rus tasviriy sanʼati tarixiga oid muhim ilmiy maʼlumotlar koʻrsatilgan. Rassomning hayot yoʻli, yutuqlari, rassomlik akademiyasidagi medallar bilan taqdirlanishi, vatan sogʻinchini boshdan kechirganligi haqida soʻz boradi. Shu bilan bir qatorda, maqolada tarixiy hujjatlar, arxiv materiallari va mumtoz adabiy asarlarga tayanib, tasviriy sanʼatning kelajakda oʻrganilishi lozim boʻlgan sohalari koʻrsatilgan.
Перевод пока недоступен