MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘G‘IL BOLALARDA OTA ROLINING TARBIYAVIY AHAMIYATI (O‘ZBEK MINTALITETI MISOLIDA)
Аннотация
Maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida otaning muhim roli, har bir bolaga hayotiy dasturni yuklab olishga yordam beradigan - erkak obrazi bu ota ekanligi, ota va o‘g‘il o‘rtasida o‘ziga xos rishtalar mavjud bo‘lib, otasi uning xatti-harakatlarini ma’qullashi bola uchun katta quvonchga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan. Bundan tashqari, farzand tarbiyasida otaning ishtiroki bolalarda huquqbuzarlik, giyohvand moddalarni iste’mol qilish va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarning oldini olish bilan bog‘liqdir. Bolalarning ijobiy natijalarga erishishi va har tomonlama rivojlanishi uchun bola tarbiyasida otalarning ro‘li juda muhimdir. Har bir ota o‘z oilasining rahbaridir. Ammo buni noto‘g‘ri ma’noda tushunmaslik kerak. Ya’ni, rahbar deganda o‘z ayoli va bolalariga xohlagancha taqiq qo‘yib, ularni istagancha tasarruf qilishi nazarda tutilmaydi. Rahbarlik degani shu oilaning mas’uliyatini his qilishdir. Bu mas’uliyatning eng muhim tomoni farzandlar tarbiyasi va ta’limidir. Ota va uning namunasidan hayotni o‘rganish - bu o‘g‘il uchun hayotning eng og‘ir sinovlarida, jumladan, jismoniy zo‘ravonlik va har qanday muvaffaqiyatsizliklarda eng yaxshi himoyadir. Ushbu maqolada O‘zek mintaliteti misolida bola tarbiyasida otaning ro‘li, ahamiyati haqida ma’lumotlar ochib berilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘z farzandlarining tarbiyasi bilan faol shug‘ullanadigan otalar ularning ijtimoiy va hissiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Перевод пока недоступен