Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida titish barabani konstruksiyasi va materialini optimallashtirish

ABI

Аннотация

Maqolada paxtaga dastlabki ishlov berish zavodlarining texnologik jihozlari ishchi sirtlariga qo‘llaniladigan, paxta xom ashyosini titish va tozalash uchun silindrsimon titish barabani konstruksiyasini takomillashtirish hamda qoziqchali baraban qoziqchalariga reaktoplast asosidagi geterokompozit polimer materialdan olingan qoplamadan foydalanib, paxta tolasini tozalash sifatini oshirish va chigitlarining shikastlanishini kamaytirishga erishilganligi haqida so‘z boradi. Bundan tashqari geterokompozit materiallarning ushbu qoziqchalarga qoplama sifatida qo‘llanilishi, o‘zining yeyilishbardoshlik xossalari tufayli detallarning ish muddatini uzaytirishi mumkinligi aniqlangan. Geterokompozit qoplamalarni qo‘llash konstruksiyalarni ta’mirlash jarayonlarini yengillashtirishi va bu bilan iqtisodiy samaraborlikka erishishligi taklif etilayotgan materialning asosiy afzalliklaridan hisoblanadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0