Avtomobil transporti vositalari oqimi va xizmat ko‘rsatish vaqtining taqsimlanish qonunlari
Аннотация
Mazkur maqolada avtomobil transporti vositalarining oqimi va xizmat ko‘rsatish vaqtining taqsimlanish qonunlari o‘rganilgan. Avtomobil transporti, zamonaviy iqtisodiyotda muhim rol o‘ynab, shahar va qishloq joylarida yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarurdir. Tadqiqot davomida transport oqimining dinamikasi, xizmat ko‘rsatish jarayonidagi vaqt taqsimoti, shuningdek, transport tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Avtomobil transporti vositalarining oqimi va xizmat ko‘rsatish vaqtining taqsimlanishi, transport infratuzilmasining samaradorligini oshirish, shaharlararo va shahar ichidagi transport tizimlarini yaxshilash kabi masalalarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola, yuklash punktidagi ish jarayonlarida bir vaqtning o‘zida bir necha transport vositasi xizmat ko‘rsatishga kirib kelishi yoki ayrim muddat transport vositalari xizmat ko‘rsatishda bo‘lmasligi, ya’ni yuklash vositasi bekor (unumsiz) turib qolish holatlari aniqlangan. Avtotransport vositalari oqimiga xizmat ko‘rsatish va unumsiz turish vaqtlarini kamaytirilishga qaratilgan.
Перевод пока недоступен