Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

JISMONIY TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA DAM OLISH DAQIQALARI VA PAUZALARI

ABI

Аннотация

Jismoniy tarbiya darslari maktab oʻquvchilarining sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularning jismoniy qobiliyatini oshirish va mehnat qobiliyatini mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi. Biroq, darslarning samaradorligini taʼminlash uchun toʻgʻri tashkil etilgan dam olish daqiqalari hamda pauzalar muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola jismoniy tarbiya darslarida dam olish vaqtlarini toʻgʻri taqsimlash, ularning pedagogik jihatdan asoslanganligi hamda oʻquvchilarning yosh xususiyatlariga mosligini oʻrganadi. Dars jarayonida oʻquvchilarning jismoniy va aqliy charchashini bartaraf etish maqsadida qisqa pauzalar tashkil etiladi. Bu vaqtda nafas olish mashqlari, stretching, oddiy yurish yoki boshqa yengil harakatlar bajarilishi mumkin. Dam olish daqiqalari faoliyatning turli shakllarini almashish prinsipi asosida rejalashtiriladi, bu esa oʻquvchilarning diqqatini jamlashga va yangi mashqlarga tayyorlashga yordam beradi. Maqolada, shuningdek, yosh guruhlariga qarab dam olish vaqtini toʻgʻri taqsimlash metodikasi ham yoritiladi. Masalan, boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun dam olish chastotasi yuqori boʻlishi kerak, chunki ularning charchashi tezroq sodir boʻladi. Katta yoshdagi oʻquvchilar uchun esa pauzalar qisqaroq, ammo intensivroq boʻlishi mumkin.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0