TARIX O‘QITUVCHILARI UCHUN RAQAMLI KONTENT YARATISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Аннотация
Tezisda tarix o‘qituvchilarining raqamli kontent yaratish kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Raqamli kontent yaratish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, o‘quv jarayonini interfaollashtirishdagi o‘rni va o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda mahalliy va xorijiy tajribalar o‘rganilib, o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, multimedia vositalaridan samarali foydalanish, virtual muzey va interfaol xaritalar kabi resurslarni darslarga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, maqolada raqamli kontent yaratishning pedagogik, texnik va dizayn jihatlari tizimli ravishda tahlil etilgan.