Bо‘lаjаk bоshlаng‘ich sinf о‘qituvchilаridа о‘z-о‘zini rivоjlаntirish kоmpetensiyаlаrini shаkllаntirishning psixоlоgik vа pedаgоgik xususiyаtlаri
Аннотация
Ushbu mаqоlаdа bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantirishning psixologik va pedagogik xususiyatlari har tomonlama yoritilgan. Xususan, zamonaviy ta’lim talablariga javob bera oladigan, ijodkor, mustaqil va kasbiy jihatdan yetuk pedagog shaxsini shakllantirishning dolzarbligi asoslab berilgan. Muallif tomonidan shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishga doir tarixiy-nazariy qarashlar tahlil qilingan, o‘z-o‘zini boshqarish, baholash, tahlil qilish, motivatsiya va stressga chidamlilik kabi psixologik omillar kompetensiyani rivojlantirishda muhim omil sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, pedagogik yondashuvlarda talabalarning individual xususiyatlariga mos o‘qitish, faol ta’lim metodlaridan foydalanish, murabbiylik va maslahat tizimining ahamiyati yoritilgan. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi uchun zarur metodlar, treninglar, interaktiv mashg‘ulotlar va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tizimli tarzda tavsiflanib, bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish uchun kompleks yondashuv zarurligi asoslab berilgan.
Перевод пока недоступен