ANTROPOSENTRIZM PARADIGMASINING ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLARI
Аннотация
Maqolada zamonaviy tilshunoslikda antroposentrik paradigmaning shakllanishi va rivojlanishi yoritilib, uni qiyosiy-tarixiy hamda strukturaviy-funksional yondashuvlardan keyingi bosqich sifatida baholash mumkinligi koʻrsatiladi. Antroposentrizmning falsafiy asoslari, V. fon Gumboldt gʻoyalari, Sapir–Uorf gipotezasi hamda kognitiv tilshunoslikning oʻrni tahlil qilinadi. Til, inson tafakkuri va madaniyat oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikka alohida eʼtibor qaratilib, paremiologiya misolida maqollar xalq mentaliteti va qadriyatlarini aks ettirishi koʻrsatib beriladi. Xulosa sifatida, antroposentrik paradigma til va inson tajribasining ajralmasligini taʼkidlab, kognitiv tilshunoslik hamda lingvokulturologiyani uning asosiy yoʻnalishlari sifatida belgilaydi.
Перевод пока недоступен