TYUBEGATAN KONIDA QAZIB OLISHNING KON-TEXNIK SHAROITLARINI BAHOLASH
Аннотация
Ushbu maqolada Tyubegatan konining kon-texnik va geologik sharoitlari chuqur o‘rganilib, sanoat silvinit qatlamlarini xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali qazib olish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda qatlamlararo bo‘shliqlar, suvdan himoya qiluvchi qatlamning tuzilishi va qalinligi, qatlamlarning yotqizilish burchagi, tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari hamda gaz va sho‘r suvlar mavjudligi asosiy baholash mezonlari sifatida olinadi. Razvedka quduqlari va laboratoriya sinovlari asosida qazib olish kameralarining optimal parametrlari aniqlanadi. Suvdan himoya qiluvchi qalinligi va mustahkamlik xususiyatlari, ayniqsa buzilish zonalarida, qazib olish xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari konning uzoq muddatli va barqaror ishlatilishini ta’minlashga xizmat qiladi hamda tog‘-kon tizimining parametrlarini qayta ko‘rib chiqish zaruratini asoslaydi. Shuningdek, geologik-geofizik tadqiqotlarni kengaytirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar keltirilgan.
Перевод пока недоступен