OʻZBEK MILLIY LINGVOMADANIYATINING QADIMIYLIK VA ZAMONAVIYLIK ASOSLARI
Аннотация
Maqolada oʻzbek milliy lingvomadaniyatining shakllanish jarayonida qadimiylik va zamonaviylikning oʻzaro uygʻunligi tahlil qilinadi. Qadimiylik unsurlari xalq ogʻzaki ijodi, mifologik qarashlar, qadimgi yozma manbalar, tarixiy til qatlamlari va madaniy anʼanalarda namoyon boʻlsa, zamonaviylik unsurlari globalizatsiya, texnologik taraqqiyot, taʼlim va kommunikatsiya jarayonlarida koʻzga tashlanadi. Shuningdek, maqolada til va madaniyat oʻrtasidagi uzviy aloqadorlik, milliy oʻziga xoslikni ifodalashdagi lingvomadaniyatning oʻrni hamda zamonaviy davrda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ulardan samarali foydalanish masalalari keng yoritiladi. Tadqiqot natijalari oʻzbek lingvomadaniyatining rivojlanish bosqichlarini aniqlash, uni ilmiy-nazariy jihatdan oʻrganish va amaliy sohalarga tatbiq etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Перевод пока недоступен