EKOLOGIK OMILLARNING KULOLCHILIKKA TA'SIRI MASALASI
Аннотация
Ushbu maqola O‘zbekiston hududida qadimdan rivojlanib kelayotgan kulolchilik hunarmandchiligiga ekologik omillarning ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Kulolchilikning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti tabiiy-geografik sharoit, xususan, loyga yaroqli gil tuproqning mavjudligi, uning fizik-kimyoviy xususiyatlari, iqlim sharoitlari va suv resurslari bilan uzviy bog‘liq ekanligi ko‘rsatiladi. Rishton, Xorazm (Kattabog‘), G‘ijduvon, Samarqand va boshqa kulolchilik markazlari misolida har bir mintaqaning o‘ziga xos tuproq tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasi mahalliy ekologik muhit ta’sirida shakllangani ta’kidlanadi. Shuningdek, zamonaviy ekologik muammolar (tuproq degradatsiyasi, suv tanqisligi, iqlim o‘zgarishi) kulolchilikning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ushbu an’anaviy hunarni saqlab qolish uchun barqaror ekologik yondashuvlar zarurligi haqida xulosa berilgan.
Перевод пока недоступен