SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA TARMOQ XAVFSIZLIGINI OSHIRISH USULLARI
Аннотация
Maqolada sun’iy intellekt asosida tarmoq xavfsizligini oshirish usullari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mashinaviy o‘rganish va chuqur o‘rganish algoritmlariga asoslangan modellar yordamida tarmoq trafikini real vaqt rejimida tahlil qilish, anomaliyalarni aniqlash hamda zamonaviy kiberhujumlarni erta bosqichda aniqlash imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqotda Random Forest, Support Vector Machine, CNN va LSTM kabi modellar asosida tajribalar o‘tkazilib, ularning aniqlik, tezkorlik va barqarorlik ko‘rsatkichlari an’anaviy xavfsizlik tizimlari bilan taqqoslandi. Natijalar sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan yondashuvlar tarmoq xavfsizligini ta’minlashda yuqori samaradorlikka ega ekanini ko‘rsatdi hamda ularni real infratuzilmalarda qo‘llash istiqbollari yoritib berildi. Maqola yakunida ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Перевод пока недоступен