Stol tennisi mashg'ulotlari jarayonida jismoniy tayyorgarlikni rejalashtirish xususiyatlari
Аннотация
Ushbu maqolada stol tennisi mashg‘ulotlari jarayonida jismoniy tayyorgarlikni rejalashtirishning nazariy va amaliy xususiyatlari yoritilgan. Yosh stol tennischilarning jismoniy, texnik, taktik va psixofiziologik rivojlanishini ta’minlashda bosqichma-bosqich yondashuv, sezgir yosh davrlarini inobatga olgan holda yuklama rejalashtirish, shuningdek, mashg‘ulot mazmunini sportchining individual imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirishning ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada klassik va zamonaviy ilmiy manbalar tahlili asosida jismoniy sifatlar — tezlik, kuch, chidamlilik, epchillik va muvozanat —ni samarali rivojlantirish tamoyillari bayon etiladi. Shuningdek, mashg‘ulot jarayonida koordinatsion mashqlar, texnik-taktik topshiriqlar, zamonaviy monitoring texnologiyalari va restavratsion yondashuvlarning integratsiyasi yosh sportchilarning uzoq muddatli sport natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ko‘rsatib berilgan.
Перевод пока недоступен