Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

ISHEMIK INSULT JARAYONIDA YURAK NERV HUJAYRALARINING GISTOLOGIK O'ZGARISHLARI

ABI

Аннотация

UDK: 616.831-005.4:611.12:611.018.2 ISHEMIK INSULT JARAYONIDA YURAK NERV HUJAYRALARINING GISTOLOGIK O‘ZGARISHLARI Daminov Muslimbek Asadullayevich, Qodirova Barno Esanovna, Shodmonov Aslbek Otabek o‘g‘li ZARMED universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.18077831 Annotatsiya: Ishemik insult markaziy nerv tizimining avtonom boshqaruv markazlariga zarar yetkazish orqali yurak faoliyatiga ikkilamchi salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda “miya–yurak o‘qi” (brain–heart axis) tushunchasi keng muhokama qilinib, insultdan keyingi yurak asoratlarida intrakardial nerv tizimining (IKNT) tutgan o‘rni muhimligi aniqlanmoqda. Ushbu maqolada ishemik insult sharoitida yurakning intrakardial gangliyalari va nerv tolalarida yuz beradigan gistologik va hujayraviy o‘zgarishlar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Gipotezaga asoslangan natijalarda neyron degeneratsiyasi, simpatik-parasimpatik balansning buzilishi, apoptoz va neyroinflammatsiya jarayonlari asosiy morfologik belgilar sifatida ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: ishemik insult, intrakardial nerv tizimi, yurak gangliyalari, gistologiya, neyroinflammatsiya.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0